Jahon | 10:19 / 07.05.2020
20125
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda shamol sababli avtomobil ko‘prigi chayqala boshladi (video)

Xitoylik haydovchilar antiqa hodisaga duch kelishdi. Ular Chjutszyan daryosi ustidan o‘tgan osma ko‘prik orqali harakatlanayotganlarida u chayqala boshlagan.

Bu haqda Daily Star nashri xabar berdi. Ushbu hodisa aks etgan videoda ko‘prik tepaga-pastga tebranayotgani, shu bilan birga, unda harakatlanish davom etayotganini ko‘rish mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, bunday tebranishlar ko‘prik butligiga xavf solmaydi, biroq ko‘prik har ehtimolga qarshi ko‘zdan kechiriladi.

“Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘prik normal holatga qaytgan. Biroq u haydovchilar uchun xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilish maqsadida uni yana qatnov uchun ochishdan oldin tekshirib ko‘rishga qaror qildik”, deb aytgan muhandis U Min-yuan. Uning ta'kidlashicha, tekshiruvni o‘tkazish uchun ko‘prikka mutaxassislar jamoasi yuborilgan.

Mutaxassislar bunday hodisani kuchli shamol vaqtida ko‘prik sirtida og‘irlik bir tekis taqsimlanmagani va ko‘prik ostida uni chayqalishga olib kelgan “uyurma” hosil bo‘lgani bilan tushuntirishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid