Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada koronavirusdan bir kun ichida 58 kishi vafot etdi
Moskvada koronavirus qurbonlari soni bir kun ichida 58 nafarga ko‘payib, 1068 nafarni tashkil qilmoqda.
Bu haqda Rossiya poytaxtining sog‘liqni saqlash departamenti tezkor shtabi ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, oxirgi sutka ichida Moskvada shifoxonalardan rekord sondagi bemor – 2520 kishi sog‘ayib chiqqan. Rossiya poytaxtida 7 may kuni eng ko‘p kasallanish holati qayd etilib, yangi kasallanish holatlari 6703 tani tashkil qilgan.
Rossiya bo‘yicha kasallanganlar soni 198,6 mingdan oshib, ulardan 31,9 mingi sog‘ayib ketgan. Vafot etganlar umumiy soni 1827 nafarni tashkil qilmoqda.
Rossiya ayni vaqtda kasallanish holatlari soni bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda turibdi. Undan avvalgi o‘rinlarni AQSh (1,347 mldan ko‘proq kasallanish holati), Ispaniya (262,7 ming), Italiya (218,2 ming) va Britaniya (215,2 ming) egallamoqda.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026