O‘zbekiston | 13:00 / 10.05.2020
32888
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 42 mingdan ortiq kishi karantinda bo‘lib turibdi

O‘zbekistonda shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning 7 nafari og‘irligicha qolmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma'lum qildi.

«O‘zbekistonda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus bilan 2387 fuqaro ro‘yxatga olingan. Kasallanganlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilyapti. 9 may kuni yana 71 fuqaro to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Ayni paytga qadar 1846 nafar, ya'ni 79 foiz bemor to‘liq sog‘aygan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan 531 bemordan 7 nafarining ahvoli og‘ir, 5 nafarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilyapti», degan Nurmat Otabekov.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirgi vaqtda 42 mingdan ortiq kishi karantinda bo‘lib turibdi. Shundan 29 mingga yaqin kishi uy sharoitida, 13 mingdan ortig‘i statsionar karantinda. Shu vaqtgacha 240 mingdan ortiq kishi uy karantinidan, 52 ming kishi statsionar karantindan chiqarilgan va «o‘zini yakkalash» hayot tarziga o‘tkazilgan.

Mavzuga oid