Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiyalar naqd pulda beriladigan bo‘ldi
Aholi murojaatlari hisobga olinib, ish haqi, nafaqa va pensiyalar karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda naqd pulda tarqatilishi belgilandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi chog‘ida ma'lum qilgan.
«Ma'lumki, kasallik yuqishi xavfidan kelib chiqib, to‘lovlar naqdsiz shaklga o‘tkazilgan edi. Aholi, ayniqsa, pensionerlarning murojaatlarini hisobga olib, ish haqi, nafaqa va pensiyalar, karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilishi belgilandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, Toshkent shahri tumanlarida munosib ish joylari tashkil etish, uy-joylar qurilishini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin davrida pensioner va nafaqaxo‘rlarning salomatligini saqlash maqsadida pensiyalar plastik kartalarga o‘tkazilishi ma'lum qilingandi.
Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda kartalarni yetkazib berishdagi muammolar, ularni olishda Xalq banki filiallarida uzun navbatlar vujudga kelgani va pensiyalarni to‘lash vaqtlarining kechikkani, shuningdek, Humo kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar haqida shikoyatlar bildirildi.
Mavzuga oid
07:50 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda
20:38 / 31.03.2026
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi
13:30 / 12.02.2026
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobil xaridi 1 apreldan naqd pulsiz shaklga o‘tadi
17:52 / 28.07.2025