O‘zbekiston | 13:15 / 14.05.2020
5140
1 daqiqa o‘qiladi

GMOli mahsulotlar ekspertizadan o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2020 yildagi “Biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxena protokoli (Monreal, 2000 yil 29 yanvar) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 275-son qarori qabul qilindi.

Uni amalga oshirish bo‘yicha Milliy markaz vazifalarini O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi bajaradi.
 
Norma’ning yozishicha, uning asosiy vazifalari belgilandi:

genetik modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) biologik xavfsizligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

oziq-ovqat xomashyosi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida GMOni aniqlash bo‘yicha laboratoriya tahlillarini o‘tkazish;

GMO va uning asosida yaratilgan mahsulotlar xavfsizligi bo‘yicha ekspertizalar tashkil etish;

biologik xavfsizlik to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida milliy ma'lumotlar bazasini yaratish va boshqalar.
 
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga GMOni aniqlash bo‘yicha referens-laboratoriya vazifasi yuklatildi.
 
Hujjat 12.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid