Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari qisqartiriladi
Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgartirish kiritish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qarori ijrosini ta'minlash va Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish hamda yo‘nalishlarning o‘zaro bir-birini takrorlab harakatlanishini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi.
Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi, Toshkent shahar transport boshqarmasi va "Toshshahartransxizmat" AJ bilan birgalikda ishlab chiqilgan takliflar asosida shahar jamoat transport yo‘nalishlarining harakatiga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.





Bundan oldin, Toshkentda 15, 7 va 3 kunlik elektron yo‘l chiptalari tatbiq etilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
16:28 / 13.06.2026