Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda Xitoy elchisi jonsiz holda topildi
Foto: EPA
Xitoyning Isroildagi elchisi Du Vey Tel-Aviv chekkasidagi uyida jonsiz holda topildi. U Isroildagi ishini fevralda boshlagandi.
Bu haqda VVS telekanali xabar berdi.
Du Vey bungacha Ukrainada elchi bo‘lgan. 57 yoshli diplomatning o‘limi sabablari rasman ma'lum qilinmagan. Biroq Isroilning Channel 12 telekanalining ta'kidlashicha, elchi tabiiy sabablar oqibatida vafot etgan.
VVSning yozishicha, 15 may kuni Xitoyning Isroildagi elchixonasi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Isroilga tashrifi vaqtida Xitoyning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirgan qadamlarini tanqid qilganiga keskin munosabat bildirgan.
Xitoy elchixonasi Jerusalem Post nashrida Pompeoning bayonotlarini “bema'ni” deb atab, Xitoy mamlakatdagi epidemiyaning haqiqiy ko‘lamini yashirayotgani borasidagi gumonlarni rad etgandi.
Mavzuga oid
10:31
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
08:49 / 21.05.2026
Isroil vazirining videosi YI va AQSh tanqidiga uchradi
21:56 / 20.05.2026