Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tibbiy tovarlar eksportidan deyarli 20 mlrd dollar ishlab oldi
Xitoy koronavirus pandemiyasi ortida katta miqdorda tibbiy tovarlar eksport qilish ortidan 2,5 oy ichida deyarli 20 mlrd dollar ishlab oldi.
Xitoy 1 martdan 16 maygacha davr ichida 134,4 mlrd yuanlik (19,5 mlrd dollar) tibbiy tovarlar eksport qildi. Bu haqda Xitoy bojxona xizmati ma'lumotlariga tayanib “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Xitoy xorijga 509 mlnta niqob, 216 mlnta himoya kiyimi, 810,3 mlnta himoya ko‘zoynagi, koronavirusni aniqlash uchun 162 mlnta test to‘plami, 727 mingta o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasi, 264,3 mlnta infraqizil termometr (teplovizor) va 10,4 mln juft jarrohlik qo‘lqopi jo‘natgan.
Ushbu tibbiy buyumlarning asosiy xaridorlari AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiya bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026