Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan fuqarolar qabuli tiklandi
Qabul amalga oshirilayotgan binoga kirish yo‘laklari pirometr va antiseptik vositalari bilan ta'minlangan.
2020 yil 18 maydan boshlab O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan sanitar-gigiyenik norma talablariga rioya qilgan holda fuqarolar qabuli tiklandi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bu respublikada epidemiologik holat barqarorlashgani va karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilayotgani hamda aholiga uzluksiz konsullik-huquqiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.
Bildirilishicha, qabul amalga oshirilayotgan binoga kirish yo‘laklari pirometr va antiseptik vositalari bilan ta'minlangan. Fuqarolar qabuli ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan va shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob, bir martalik qo‘lqop va antiseptik vositalar) foydalangan holda yo‘lga qo‘yiladi.
Qabul vaqtlari: 10:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha.
Mavzuga oid
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
13:52 / 24.02.2026
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida doktoranturaga qabul tartibi tasdiqlandi
09:11 / 02.02.2026
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish boshlandi
17:50 / 27.01.2026