Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilişiça, 1-sinfga qabul jarayonlari bu yil ham ikki bosqiçda amalga oşiriladi.

Birinçi bosqiç 20 iyundan 31 iyulgaça davom etadi. Bu davrda arizalar bolaning yaşaş manziliga biriktirilgan mikrohudud doirasida qabul qilinadi.

Ikkinçi bosqiçda esa mikrohududdan taşqari qabul jarayonlari taşkil etiladi. Bunda öquvçilarni qabul qiliş maktablardagi böş örinlar va ta’lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda amalga oşiriladi.

Vazirlikning ta’kidlaşiça, «Ta’lim töğrisida»gi qonun talablariga muvofiq, bolalar 7 yoşga töladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi. Şu bois 2026/2027 öquv yili uçun 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar 2019 yil 31 dekabrga qadar tuğilgan bölişi lozim.

6 yoşli bolalar uçun esa majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari faoliyat yuritadi.

Qayd etilişiça, maktablarga onlayn qabul jarayonlari Hukumatning 2022 yil 1 iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament asosida amalga oşiriladi.

Mas’ullar ota-onalarga qabul jarayonlari boşlanişi arafasida zarur hujjatlarni oldindan tayyorlab qöyiş hamda rasmiy axborot manbalarini kuzatib borişni tavsiya qilmoqda.