FVV Sirdaryoda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma'lum qildi
Toshqindan talafot ko‘rgan 541 uyda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13,524 nafar ishchi va 622 transport vositasi jalb qilingan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sirdaryo viloyatida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yangi tafsilotlarni ochiqladi.
Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar jami 1349 nafar fuqaroning biometrik pasporti tiklandi. Qayta o‘rganish natijasida 1116 nafar fuqaroning pasporti topildi. Hozirgi kunda 983 nafar fuqaroning pasportlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, 818ta tug‘ilganlik va 12ta o‘lim haqidagi, 291ta nikoh guvohnomalari tiklandi.
Toshqindan talafot ko‘rgan 13 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining banklardan mavjud 186,2 mlrd. so‘mining qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirib berildi.
Jami 5,549 pensionerning 3,9 mlrd. so‘mlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida to‘liq yetkazib berildi.
Toshqindan talafot ko‘rgan 541 uyda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13,524 nafar ishchi va 622 transport vositasi jalb qilingan.
Hududlarni aloqa va internet xizmatlari bilan ta'minlash ishlariga 100 ortiq soha, 200 nafarga yaqin harbiy aloqa mutaxassislari va 15ta maxsus texnika jalb qilingan.
Elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar sababli uzilgan 44ta mobil aloqa baza stansiya faollashtirildi. Suv ostida qolgan 12ta, jami 56ta (97 foiz) mobil baza stansiyaning faoliyati qayta tiklandi.
Uzilishlar yuzaga kelgan hududlarda o‘rnatilgan mavjud jami 86ta baza stansiyalarining 84tasi (98 foiz) faol holatda ishga tushirildi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
-
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi
O‘zbekiston | 18:30
-
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
Jahon | 18:27
-
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiston | 18:24
Mavzuga oid

13:48
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:06 / 17.04.2025
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi

15:51 / 16.04.2025
Germaniyadan Sirdaryodagi tibbiyot muassasalariga insonparvarlik yordami jo‘natildi

20:45 / 15.04.2025