O‘zbekiston | 10:07 / 20.05.2020
3147
1 daqiqa o‘qiladi

Statqo‘m yanvar-aprel oylarida qancha benzin ishlab chiqarilganini ma'lum qildi

2019 yilning shu davrida 308,7 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 365,8 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-aprel oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan ko‘paydi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning shu davrida 308,7 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 365,8 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatildi. 2019 yilda 341,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 363,4 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2020 yil yanvar-aprel oylarida neft qazib olishni 2019 yilning shu davriga nisbatan (231,2 ming tonna) biroz oshirdi - 232,6 ming tonnagacha.

2020 yil yanvar-aprel oylarida tabiiy gaz qazib olish 17,2 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (20,5 milliard kub metr).

2020 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 506,9 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan kam (541,3 ming tonna).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid