Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yashil» va «sariq» hududlarda ochiq sayilgohlar faoliyatiga ruxsat beriladi
22 maydan ochiq sayilgoh, muzey va san'at galereyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 22 may kunidan O‘zbekistonning «yashil» va «sariq» toifadagi hududlarida ochiq sayilgoh, muzey va san'at galereyalari faoliyatiga (o‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno) ruxsat beriladi.
Bunda koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilar tana haroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashi talab etiladi.
Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishi oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Mavzuga oid
07:45 / 14.08.2023
Toshkentdagi kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar uzunligi 150 kmga yetadi
10:48 / 21.03.2019
Toshkentda yangi sayilgoh foydalanishga topshiriladi
14:06 / 16.01.2019
Toshkentdagi kanallar bo‘yida 12 ta sayilgoh tashkil etiladi. Bunga 190 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltiriladi
15:40 / 24.04.2018