Toşkent şahrining Yaşnobod tumani hududida barpo etilgan «Aşxobod sayilgohi» aholi uçun 30 aprel kunidan xizmat körsata boşlaydi. Bu haqda sayilgoh ma'muriyati «Kun.uz»ga ma'lum qilgan.
Uning alohida ta'kidlaşiça, 23 aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taşrifi munosabati bilan ötkazilgan marosim sayilgoh mijozlar uçun oçilganini anglatmaydi - sayilgohga faqat 30 aprel va undan keyingi kunlarda taşrif buyuriş söraladi.
Keça, 23 aprel kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov iştirokida uşbu sayilgohning oçiliş marosimi ötkazilgandi. Şundan söng, 24 aprel kuni şahar aholisi vakillari boqqa kelmoqda, ammo ular darvozadan qaytib ketişga majbur bölişmoqda.
«Aşxobod sayilgohi»da quriliş işlari aprel oyi boşida yakunlangandi. Uşbu sayilgohning umumiy maydoni 12 gektarni taşkil etadi. Bu yerda bitta 1180 metr kvadratni taşkil etuvçi usti yopiq inşoot içida 26ta hamda 31 oçiq tipdagi öyin attraksionlari, nuroniylar maskani, muzqaymoq va salqin içimliklar şoxobçalari qurilgan. Sayilgohga kiraverişda katta favvora barpo etilgan. Boğda xuşmanzara daraxtlar, zamonaviy örindiqlar va boşqa qulayliklar mavjud.



Zamonaviy madaniyat va istirohat boği kiraverişda turkman millatining mardlik va jasorat timsoli bölgan Axaltaka otlari haykallari örnatilgan. Bu yerda qarağay, qrim qarağayi, hind sireni, eman, kaştan, magnoliya, arizona kiparisi, salviya, moviy arçalar ekilgan.












