O‘zbekiston | 10:22 / 23.05.2020
4481
1 daqiqa o‘qiladi

30 iyul Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni etib belgilanadi

O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni belgilanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 30 iyul Xalqlar do‘stligi va umumxalq birdamlik kuni etib belgilanishi taklif etilmoqda.

Bildirilishicha, ushbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid