O‘zbekiston | 13:23 / 23.05.2020
26808
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sement importiga taqiqni bekor qildi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekistonga sement importi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Foto: RIA Novosti

O‘zbekiston sement importiga taqiqni bekor qildi. Vazirlar Mahkamasining bu haqda 2020 yil 22 maydagi 309-son qarori qabul qilindi.

Bildirilishicha, respublikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini taqchil qurilish materiallari bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida qabul qilingan ushbu qaror bilan karantin davrida joriy etilgan muayyan cheklov bekor qilinmoqda.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi va “O‘zsanoatqurilish materiallari” uyushmasining 2020 yilning 23 mayidan mamlakatimizga sement olib kelinishini tiklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Davlat bojxona qo‘mitasiga tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan import bo‘yicha sement olib kirishda zarur hujjatlarning tezkor rasmiylashtirilishini ta'minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 apreldagi 246-son qaroriga muvofiq O‘zbekistonga sement importi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Mavzuga oid