Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyalik tadbirkor tovuq oyoqlaridan 140 dollarlik tuflilar tayyorlamoqda
Indoneziyalik 25 yoshli tadbirkor Nurmon Ramdxoniy tovuq oyoqlaridan charm tuflilar tayyorlab, ularni 35 dollardan 140 dollargacha narxda sotmoqda.
Bu haqda Business Insider nashri ma'lum qildi. Yosh tadbirkor bu maqsadda 6 kishidan iborat jamoa to‘plagan. Unga tovuq oyoqlari terisidan poyabzal tayyorlashda foydalanish g‘oyasini otasi bergan. Tadbirkorning otasida bunday g‘oya paydo bo‘lishiga tovuq oyoqlari panjalaridagi tirnoqlaridan tizzalarigacha ekzotik sudralib yuruvchi hayvonlarning terisiga o‘xshash sirtga egaligi turtki bergan.
“Indoneziyadagi tez tamaddixonalar tovuq oyoqlarini ko‘p miqdorda tashlab yuborishi sababli bunday terini tanladik. Ushbu mahsulot ko‘proq foyda keltirishini istaymiz”, deb aytgan tadbirkorning o‘zi.

U shunday yo‘l bilan terisi yuqoridagi maqsadlarda qo‘llaniluvchi timsohlar va ilonlarni himoyalamoqchi, chunki ulardan ba'zilari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolgan. Ramdxoniyning ta'kidlashicha, tovuq oyoqlaridan olinadigan teri ham “hashamatli” ko‘rinadi.
Tadbirkor va yana 5 kishi, jumladan otasi poyabzallarni qo‘lda tayyorlashadi. Teri go‘sht va suyakdan ajratiladi, quritiladi va bir-biriga tikib ulab chiqiladi. Bir dona erkaklar tuflisiga 45 ta tovuq oyog‘i va 10 kun vaqt ketadi. Hirka deb nomlangan ushbu kompaniya 2017 yildan beri poyabzal ishlab chiqaradi.
Tadbirkorlarning ta'kidlashicha, xaridorlarga ularning mahsulotlari yoqadi: poyabzal qulay bo‘lib, chiroyli ko‘rinishga ega. “Tovar mijozlarga yetib borgan har safar, ular kutganlaridan ham a'loroq bo‘lib chiqadi. Ularga hattoki poyabzal qutilarimiz ham yoqadi. Hanuzgacha barcha fikrlar faqatgina ijobiy bo‘lgan”, deb ta'kidlab o‘tgan tadbirkor.
Mavzuga oid
14:58 / 28.04.2026
Bond omborlariga brend kiyimlar va poyabzallar joylashtirilmaydi, nega?
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026