Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida bojxonachilarda virus aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 16 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 25 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3180 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Ma'lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 4tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlanib, xorijdan kelgan 3 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisiga (ulardan 2 nafari ukrainalik) va chegara bojxona posti xodimlaridan 1 nafariga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
5 holat esa Samarqand viloyatida qayd etilgan. Yangi bemorlarning 4 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib yuqtirgan, 1 nafari aholi orasidan aniqlangan. Hozirda epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yana 1 nafar Toshkent viloyatida chegara bojxona posti xodimida aniqlangan.
Qolgan 6 holat karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.
- 24 may kuni O‘zbekistonda jami 49ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 33 bemor tuzaldi.
- Shu vaqtgacha 2565 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 602 bemor davolanmoqda. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025