Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin uning qayta saylanishini istamasligini aytdi
Foto: EPA
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin u bilan yaxshi munosabatlarga qaramay, uning ikkinchi muddatga Oq uy rahbari etib saylanishini istamayapti.
Tramp telejurnalist Sheril Attkissonga bergan intervyusida noyabrda o‘tadigan prezident saylovlari bo‘yicha raqibi Jo Baydenni muhokama qilish vaqtida Rossiya mavzusiga to‘xtalib o‘tgan. Uning aytishicha, bo‘lg‘usi prezident Xitoy va Rossiya bilan muammolarni hal qilishiga to‘g‘ri keladi.
“Men Rossiya bilan yuz bergan eng yomon narsaman va Putin buni tushunadi”, deb aytgan AQSh prezidenti.
Uning ma'lum qilishicha, u Putin bilan yaxshi munosabatda, biroq uning fikricha, rossiyalik hamkasbi uning qayta saylanishini istamaydi.
“Sizga hozir ochiqcha aytishim mumkin. Fikrimcha, men unga yoqaman, biroq u g‘alabamni istamayotganiga ishonchim komil. Xitoy ham mening g‘alabamni istamayapti!”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.
Donald Tramp undan avvalgi birorta prezident Rossiyaga qarshi undan ko‘ra qat'iy siyosat yurgazmaganini bir necha bor takrorlab o‘tgan. Jumladan, Tramp hokimiyati vaqtida AQSh Rossiyaga qarshi bir nechta sanksiyalar paketi kiritdi.
Mavzuga oid
09:33
Putin va milliarderlarning yopiq uchrashuvi tafsilotlari ochiqlandi
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026