Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda noqonuniy ravishda boylik orttirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Tergov departamenti
2020 yil 2 may kuniga o‘tar kechasi, soat 01:30da noma'lum shaxslar Toshkent viloyati Qibray tumani Shalola mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning biriga deraza oynasini ochish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular jami 48 775 510 so‘mlik 5 dona isitish pechlari va 108 dona isitish moslamalarini (batareya) hamda boshqa vositalarni yashirin ravishda talon-toroj qilib hodisa joydan yashiringan.


Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 34 yoshli K.M., 32 yoshli I.I. va 30 yoshli D.Yu. sodir etganliklari aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan boyliklarning aksariyat qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Jinoyat ishi bo‘yicha K.M., I.I. va D.Yu.ga tegishli moddalar bilan ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
09:05 / 07.01.2026
Ohangaron va Qibrayda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga doir holatlar aniqlandi
09:37 / 08.12.2025
Nigeriya: jangari guruh qo‘lidan 100 nafar maktab o‘quvchisi qutqarildi
07:50 / 30.10.2025