Koronavirusdan o‘lim darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakat ma'lum qilindi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Yamanda dunyo bo‘yicha koronavirusdan o‘lim darajasi eng yuqori ekanini ma'lum qildi.
Adan shahrining o‘zida koronavirusga chalinganlarning 70 foizi vafot etmoqda. Mamlakat bo‘ylab esa koronavirusdan o‘lim darajasi 17 foizga baholanmoqda.
Bosh kotib Yamandagi vaziyatni fojiali deb atadi. U xalqaro hamjamiyatni Yamanga zaruriy ko‘mak va moliyaviy yordam ko‘rsatishga chaqirgan. “Yaqinda badallar e'lon qilish bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tadi va xalqaro hamjamiyat Yaman xalqi bilan to‘liq birdamlik ko‘rsatib, taqdim qilingan arizani to‘liq moliyalashtiradi, deb umid qilaman”, deb aytgan Guterresh.
Avvalroq BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha rasmiy vakili Yyens Lerke Yamandagi vaziyatni falokatli deb baholagandi. “Virusdan Yamandan ko‘ra ko‘proq jabr chekkan davlat yo‘q”, deb aytilgan BMTda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 278 nafarni, undan vafot etganlar 57 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
11:20 / 11.11.2024
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
12:37 / 27.07.2024
AQSh husiychilarning uchuvchisiz uchoqlari va dengiz dronlari yo‘q qilinganini bildirdi
08:30 / 21.07.2024
Isroil Yamanga zarba berdi, qurbonlar bor
23:45 / 03.05.2024