AQSh Xitoy bilan ziddiyat sababli Hongkongdagi ko‘chmas mulkini sotmoqda
AQSh hukumati Xitoy bilan kuchayib borayotgan ziddiyat sababli Hongkongdagi qimmatbaho ko‘chmas mulkini sotmoqda. Bu haqda AQSh davlat departamentidagi manbaga tayanib Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Hongkongda AQShga tegishli bir nechta uy sotuvga qo‘yilgan. Ularning umumiy qiymati 1,3 mlrd dollarga baholanmoqda. Gap Shouson-Xill tumanidagi bir nechta hashamatli uy haqida bormoqda. AQSh bu ko‘chmas mulkni 1948 yilda sotib olgan.
Avvalroq Xitoy hukumati Hongkong uchun milliy xavfsizlik haqidagi qonun loyihasi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilgandi. Shundan keyin Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarda yana taranglik yuzaga kelgan. Hujjat uchinchi kuchlarning Hongkong ichki ishlariga aralashuvini taqiqlaydi. Tramp ushbu harakatlarni Hongkong maqomini pasaytirish deb atagan va buning uchun Xitoyga sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgan.
Shuningdek, hujjat qabul qilinishi Hongkongda noroziliklarga olib kelgan, yuzlab odamlar hibsga olingan.
Tramp 29 may kuni Hongkong uchun barcha savdo imtiyozlari bekor qilinishi, ekstraditsiya haqidagi kelishuvlar, AQSh fuqarolarining Hongkongga kirishi bo‘yicha tavsiyalar va bojxona imtiyozlari qayta ko‘rib chiqilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:34 / 25.09.2024
AQShda 26 yil oldingi qotillik uchun sudlangan shaxs qatl etildi
22:31 / 25.09.2024
Tramp va Harris saylov shtablarining yirik homiylari ma’lum bo‘ldi
21:10 / 25.09.2024
Los-Anjyelesda avtobus yo‘lovchilari garovga olindi
15:39 / 25.09.2024