Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda IIB xodimi tungi reyd vaqtida fuqaroni tepdi
Ichki ishlar vazirligi 30 may kuni Qashqadaryoda tungi reyd davomida IIB xodimi qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, fuqaroga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatib, uni sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgani bo‘yicha munosabat bildirdi. Hozirda holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Qashqadaryo viloyati Koson tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan videotasvir yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda do‘kon oldida ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqani, shu vaqtda xodimlardan biri fuqaroni kuch bilan tepganini ko‘rish mumkin. Vazirlik Koson tumanida IIB xodimi fuqaroga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatganini tasdiqlagan.
Voqea 30 may, shanba kuni soat 21:40 da Koson tumanining «Nihol» mahallasidagi «Nihol Said Baraka» do‘koni oldida IIB xodimlari aholining karantin qoidalariga amal qilishini tekshirish maqsadida o‘tkazayotgan tungi reyd vaqtida yuz bergan.
«Viloyat IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, shu mahallada yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan X.M.ga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatib, uning sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgan», deyiladi IIV xabarida.
IIV Ichki xavfsizligi xizmati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tadbir ishtirokchilarining har birining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ta'kidlangan.
Ushbu holat videosi tarqalgach ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroga kuch ishlatgan xodim Milliy gvardiya xizmatchisi ekani aytilgandi. Keyinroq Milliy gvardiya matbuot xizmati surishtiruv o‘tkazib, videotasvirlarda «qonun himoyasida turib, o‘zi esa qonunni buzayotgan» deb iddao etilayotgan xodim Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi emasligi aniqlangani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
09:40 / 27.05.2026
Ichki ishlar vazirligi mahkumlarni ko‘chirish tartibini o‘zgartirmoqchi
13:11 / 07.03.2026
Qashqadaryoda ko‘chada turgan Damas portlab ketdi
15:41 / 01.02.2026
Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gurjistondan ekstraditsiya qilindi
20:52 / 29.09.2025