Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyoradagi eng toza havoga ega hudud aniqlandi
AQShning Kolorado shtati universiteti olimlari avsraliyalik hamkasblari bilan birgalikda sayyoradagi eng toza havoga ega hududni aniqlashdi. Ularning ta'kidlashicha, Antarktida yaqinidagi suvlarda eng toza havodan bahramand bo‘lish mumkin.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, aynan shu hududda inson faoliyatining qit'alardan tarqaluvchi aerozol ifloslanish va chang ko‘rinishidagi izlari deyarli mavjud emas.
Tadqiqotchilar Tasmaniya sohillaridan Antarktida tomon suzish vaqtida havo namunalarini olib borishgan va atmosferaning quyi qatlamini ulardagi bakteriyalar bo‘yicha o‘rganishgan. Shu tariqa mikroorganizmlarning qit'alardan o‘tishi jarayoni o‘rganilgan.
Mutaxassislar Antarktika suvlari boshqa kengliklar ta'siridan yetarlicha xoli hudud ekani haqidagi xulosaga kelishgan. Olimlar bu hududni antropogen ta'sirdan xoli hudud deb topishgan.
Mavzuga oid
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
00:57 / 12.04.2026
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston prezidentining “Toza havo” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
07:31 / 14.03.2026
Antarktidadagi sirli ko‘lni sun’iy yo‘ldoshlar tasvirga oldi
21:32 / 06.01.2026