Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko hukumatdan Rossiyaga qaramlikni kamaytirishni talab qildi
Belarus prezidenti yaqin va uzoq xorijga mamlakat eksportini rivojlantirish, yangi bozorlar topish bo‘yicha qarorlar qabul qilinganiga e'tibor qaratdi va bu yo‘nalishda "jiddiy siljish" bo‘lishi kerakligini ta'kidladi.
Foto: RIA Novosti
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yangi hukumatdan bozorlarni diversifikatsiya qilish va xorijdan valuta jalb etish hisobiga Rossiyaga qaramlikni kamaytirishni talab qildi.
Sputnik Belarus agentligining xabar berishicha, u Roman Golovchenko rahbarligidagi yangi hukumat yig‘ilishida ana shunday fikrni aytdi.
"Eksport yo‘q bo‘lsa valuta bo‘lmaydi. Bitta mamlakat bozoriga qaramlik muammosini uzil-kesil hal qilish kerak. Biz 50-55 foizga hattoki qardosh Rossiyaga ham qaram bo‘la olmaymiz. Bozorlarni diversifikatsiya qilishimiz kerak", - dedi Lukashenko.
U avvalroq yaqin va uzoq xorijga mamlakat eksportini rivojlantirish, yangi bozorlar topish bo‘yicha qarorlar qabul qilinganiga e'tibor qaratdi va bu yo‘nalishda "jiddiy siljish" bo‘lishi kerakligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
08:35
Zelenskiy Putinga yana energetik sulh taklif qildi
08:32
Vengriya Rossiya gazi keladigan quvurni harbiy nazoratga olmoqda
22:45 / 06.04.2026
Ukraina dron hujumlari soni bo‘yicha birinchi marta Rossiyani ortda qoldirdi – OAV
21:00 / 06.04.2026