O‘zbekiston | 14:41 / 04.06.2020
7690
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘istonda 4 nafar bemor tuzalib, ushbu hudud koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turgani haqida xabar berdi.

Qoralpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 43 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimidagi oladigan bo‘lsak, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan, Ukraina Respublikasidan 2 nafar. 

Endilikda Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlar soni 133 nafarga yetib, hozirda davolanayotganlar 3 nafarni tashkil etmoqda. Fidoyi shifokorlarimizning sa'y-harakatlari tufayli ushbu hudud koronavirusdan xoli bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3018 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid