O‘zbekiston | 23:14 / 05.06.2020
79938
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo yana koronavirusli hudud: Aholi orasida 4 kishida koronavirus aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 20 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida aholi orasida kasallanish holatlari qayd etildi va viloyat yana koronavirusli hududga aylandi.

«2020 yil 5 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4007 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari Buxoro viloyatida (4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan, 1 nafari aholi orasida) 5 nafari Toshkent viloyatida (3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 2 nafari aholi orasida), 4 nafari Qashqadaryo viloyatida (Toshkent shahridagi «O‘rikzor» bozorida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan xodim va u bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 3 nafar oila a'zosi) aholi orasida aniqlandi», deyiladi xabarda.

Bugun jami 68ta yangi holat qayd etildi, Toshkent, Navoiy, Samarqand va Andijonda jami 160 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 3247 nafarga yetdi. Hozirda shifoxonalarda 744 bemor davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida mart oyidan buyon 6ta kasallanish holati qayd etilgan, bemorlarning so‘nggisi 1 may kuni tuzalgan va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.

Mavzuga oid