«Yurtimizda koronavirus infeksiyasidan xoli bölgan hududlar safining kengayib borayotgani e'tibor molik. Hozirça Qaşqadaryo viloyati ham koronavirus infeksiyasidan xoli hududga aylanmoqda.

Bugun viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga çalingan sönggi bemor butkul soğaydi. U viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. 

Soğaygan bemor (erkak) 36 yoşda bölib, Çiroqçi tumanidan. U koronavirusga çalingan bemor bilan muloqotda bölib, uşbu infeksiyani yuqtirib olgan.

Eslatib ötamiz, Qaşqadaryoda koronavirus infeksiyasiga çalingan jami 6 nafar bemordan 5 nafari bir oilaning a'zolaridir. Bemorlarning barçasi Çiroqçi tumanidan bölib, koronavirusga çalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olişgan», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Endilikda viloyatda barça bemorlar butkul soğayib, Qaşqadaryo Jizzax viloyatidan keyin koronavirusdan xoli bölgan ikkinçi hududga aylandi.

  • 1 may soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 2046taga yetdi. Ötgan vaqt davomida bemorlarning 9 nafari vafot etdi, jami 1134 kişi tuzaldi. Ayni vaqtda şifoxonalarda 903 bemor qolmoqda.