Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoldirilgan konsertlar chipta pullari karantindan so‘ng qaytarib beriladi
Karantin davrida qoldirilgan konsert dasturlari uchun xarid qilingan chipta pullarini karantin bekor qilinib, kassalar faoliyati tiklangandan so‘ng qaytarib olish mumkin bo‘ladi.
Karantin davrida qoldirilgan konsert dasturlari uchun xarid qilingan chipta pullarini karantin bekor qilinib, kassalar faoliyati tiklangandan so‘ng qaytarib olish mumkin bo‘ladi. Bu haqida Madaniyat vazirligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
“Karantin davrida qoldirilgan konsert dasturlari uchun chiptalar o‘z kuchini saqlab turibdi. Chiptalarni qaytarib berishni istovchilar kassalar faoliyati tiklangandan keyin o‘z pullarini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi. Naqd bo‘lsa naqd pul ko‘rinishida qaytarib beriladi, plastik karta orqali to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa, kartaga mablag‘lar tushirib beriladi.
Konsert dasturlari va boshqa madaniy tadbirlarning yana qachon o‘tkazila boshlanishi karantin choralarining yumshatilishiga bog‘liq”, deyiladi axborotda.
15 mart sanasidan boshlab mamlakatda karantin rejimi joriy qilingani tufayli konsert dasturlari va madaniy tadbirlarni o‘tkazish noma'lum muddatga qoldirilgan edi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
15:35 / 16.05.2026
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?
19:09 / 11.05.2026