Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Islohotlar sizlarga bog‘liq» – Prezident Farg‘onadagi rahbarlarni o‘zgarishga chaqirdi
Prezident Farg‘onadagi yig‘ilishda viloyatdagi mahalliy rahbarlar, barcha sektorlar rahbarlariga murojaat qildi.
«Mamlakatimizning, ko‘p millatli xalqimizning manfaatini ta'minlash bo‘yicha harakat qilishimiz kerak. Buning orqasida odamning hayoti turibdi, odamning tashvishi, uning ertangi kunga ishonishi masalasi turibdi. Mana shuni hammalaring bilishlaring kerak.
Odamlarga emin-erkin ishlashga sharoit yaratishimiz kerak. Ana shunda Farg‘ona ham albatta o‘zining yo‘lini topib oladi. Men ishonaman, Farg‘onaning o‘z yo‘li bor. Bu yo‘l ko‘z oldimda ma'lum. Lekin ko‘z oldimga kelgan masalalarni bajarish uchun vatanparvar rahbarlar kerak.
Hokimlar, hokimlarning o‘rinbosarlari, sektorlar rahbarlari bir narsani bilinglar: sizlarga bog‘liq endi islohotlar. Agar sizlar o‘zgarmasangizlar, ertaga odamlar norizo bo‘ladi, odamlar murodiga yetmaydi, rejasi amalga oshmay qoladi.
Odamlarni rozi qilish degani - har birlaring qog‘ozda emas, amalda o‘z sohalaring bo‘yicha o‘zgarish qilsalaring, Farg‘ona ahli rozi bo‘ladi.
Muammo juda ko‘p, har bir muammoning yechim yo‘llari ham ko‘p. Ilm bilan, vazminlik bilan, masalani, o‘sha kam ta'minlangan oilaning o‘rniga o‘zlaringni qo‘yib xulosa qilsanglar, yechim adolatli bo‘ladi.
Odamlarni rozi qilish, Xudo taologa ham yoqadi. Xudo ham madadkor bo‘ladi, xalqimiz ham duo qilib, birimiz ikki bo‘ladi.
Mana shunga munosib bo‘laylik. Faqat va faqat yaxshiliklar bo‘lsin, jonajon vatanimizning ertangi kunini ko‘rish, farzandlarimizning kamolini ko‘rish, faqat tinchlikda uchrashish hammamizga nasib qilsin», deya nutqini yakunlagan prezident.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026