O‘zbekiston | 09:36 / 06.06.2020
3130
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Finlyandiya ekologik loyihalarni amalga oshiradi

«Yashil texnologiyalar» sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

2020 yil 5 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov Finlyandiyaning favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Helsinki shahrida) Mariya Elina Liivala bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbatdoshlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, sud-huquq va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati yuzasidan fikr almashdi.

Xalqaro tashkilotlar va O‘zbekiston-YeI muloqoti doirasidagi munosabatlarga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi qabul qilinishi ijobiy baholandi va Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolash muhimligi ta'kidlandi.

Suhbat chog‘ida «yashil texnologiyalar» sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston-Finlyandiya ekologik loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokarada bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi, deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid