O‘zbekiston | 18:28 / 06.06.2020
41839
2 daqiqa o‘qiladi

Paxta klasteri rahbari Toshloqqa hokim bo‘ldi

Deputat Abduqahhor Jo‘raboyev Farg‘ona viloyatining Toshloq tumaniga hokim etib tayinlandi.

«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 102-moddasiga hamda «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga asosan, Jo‘raboyev Abduqahhor Abduvohidovich Toshloq tumani hokimi etib tayinlansin», deyiladi Farg‘ona viloyati hokimi qarorida.

Ma'lumot uchun, Abduqahhor Jo‘raboyev Farg‘ona viloyatidagi paxta to‘qimachilik klasteri tizimidagi «Expo Kolor Print tex» MChJ bosh direktori, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi a'zosi hisoblanadi.

  • Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma'lumotlariga ko‘ra, mas'uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi Expo Kollor Prin Teks kompaniyasi 2007 yil 18 iyunda tashkil etilgan. Registrda ko‘rsatilgan faoliyat turi — paxta tolalarini tayyorlash va yigirish; ustav fondi 4,3 milliard so‘m. Kompaniya rahbari sifatida Abduqahhor Jo‘raboyev ko‘rsatilgan.

Bundan avvalroq, 2018 yil martidan buyon Toshloqqa rahbarlik qilib kelgan Shuhratjon Abdusalomov prezident ishtirokidagi yig‘ilish vaqtida ishdan olingani xabar qilingandi.

Mavzuga oid