28 oktabr kuni Kun.uz'da e'lon qilingan «Toşloqdagi qişloq «ikkiga ajraldi» – Tuman hokimining özboşimça qarori oqibati qanday hal etiladi?» sarlavhali maqolaga tuman hokimligi munosabat bildirdi.

«Örganiş xulosasiga köra, Toşloq tumani 1-son kasb-hunar maktabi binosida 50-umumiy örta ta'lim maktabi ham, kasb-hunar maktabi ham 2020-2021 öquv yili davomida faoliyat yuritib turişi böyiça çora-tadbirlar belgilab olindi», – deyiladi rasmiy relizda.

Ma'lum qilinişiça, tuman hokimi A.Jöraboyev keyingi öquv yili boşlangunga qadar 1-son kasb-hunar maktabi yonida yangi maktab qurib foydalanişga topşirilişini aytgan.

Hokim şu yil 12 oktyabrda çiqargan qarori prezident qarorlariga muvofiqlaştirilişini ham ma'lum qilgan.