Husniddin Mamarahimov Toşloq tumanining Besarang qişloğidan. Dehqonning erta bahorda ekkan qovuni bugun pişib yetildi. “Handalak unut bölib ketdi. Uning örniga ertapişar qovun ekib birinçilardan bölib daromadga kiryapmiz”, – deydi dehqon.
Dehqon Husniddin bir yarim gektar yerga qovunning ertapişar navini ekib parvariş qilmoqda.

“Ekkan qovunimiz navi Dakaro. 15 mart kuni ekkandik. Bugun mana 15 may bölsa, birinçi qovunlarimiz pişdi. Uç-tört kunda sotuvga çiqaramiz. Uç yildan beri aynan şu qovun navidan ekamiz. Çunki bu qovun handalak örnida, erta pişadi. Bir yarim gektar yerga ekkanmiz. Ayni paytda 1 kg qovun 20 000, 25 000 sömdan sotilyapti. Gektardan 150, 200 million daromad qilsa böladi.

Qovun yetiştirişning öziga yaraşa maşaqqatli tomonlari bor. Lekin eksangiz kam bölmaysiz.
Eng zöri nima, aytaymi, qovunçilikda? Tong sahar kelganingizda qovun hidi paykalni tutib turganda mazza qilib yuborasiz. Qilgan mehnatlaringiz ham çiqib ketadi. Piçoqni ğirtillatib torsangiz, uning mazasi boşqaça, gaşti boşqaça.


Bu haligi saratonda pişadigan qovun emas-da. Bu ertapişar qovun. Bu qovun kelişidan oldin handalak bölardi. Handalaklar yöq bölib ketdi, birov ekmay qöydi. Endi şu qovun ekilyapti handalak örniga.

Handalakning hidi bor, mazasi yöq edi. Dakaroning ham hidi bor, mazasi ham özgaça, şuning uçun şu qovunga hamma ötib ketdi. Eng muhimi birinçi bölib erta pişib bozorga çiqadi, daromadi yaxşi. Birinçilardan bölib daromadga kirasiz.

















