O‘zbekiston | 12:46 / 08.06.2020
6944
1 daqiqa o‘qiladi

Biznes-ombudsman prezident topshirig‘iga asosan 3 oy davomida Farg‘onada bo‘ladi

Barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va bank xodimlari ishtirokida ishchi guruhlar tuzildi. 

Foto: Biznes-ombudsman

Biznes-ombudsman O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Farg‘ona viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqqa asosan 3 oy davomida Farg‘onada bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakilning rasmiy sahifasida xabar berilishicha, u viloyatdagi tadbirkorlar muammolarini o‘rganadi va ularga yordam ko‘rsatadi.

“Bugundan boshlab barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va bank xodimlari ishtirokida ishchi guruhlar tuzildi. 

Farg‘onalik tadbirkorlarni faoliyatida muammolari mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu shtablarga murojaatlar qilinishi bo‘yicha ma'lumotlar berildi. 

Murojaat uchun telefon: (71) 202-08-85”, - deyiladi xabarda

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid