Jahon | 02:15 / 09.06.2020
3382
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaga keluvchilar ikki hafta karantinda qoladi

Britaniyaga keluvchilar 2 haftalik karantinga amal qilishlari belgilab qo‘yildi. Ular o‘zlarini 2 hafta qayerda izolyatsiya qilishlarini ma'lum qilishlari kerak. Qoidabuzarlar jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

Tauyer ko‘prigi Foto: KUN.UZ

Britaniyada xorijdan keluvchilar 14 kun o‘zini izolyatsiyalashini talab qiluvchi yangi qoidalar kiritildi. Bu haqda BBC telekanali xabar berdi.  

Samolyot, parom yoki poyezdda keluvchilar karantinni o‘tkazadigan manzilni ma'lum qilishlari kerak. Qoidabuzarlar 1000  funt sterling bilan jazolanishi mumkin. 

Shu bilan birga, Britaniyaga Irlandiyadan, Normand orollari yoki Men orolidan keluvchilar tegishli hujjatni rasmiylashtirishlari va karantinda qolishlari shart emas. 

Shuningdek, avtotashuvlar va tibbiyot sohalari ishchilariga istisnolar ko‘zda tutilgan. Chegara nazoratidan o‘tmaydigan tranzit yo‘lovchilar ham majburiy izolyatsiyadan ozod qilinganlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid