«Qizil» toifaga o‘tkazilgan Urganch shahrida karantin choralari kuchaytirildi
Xorazm viloyati markazi – Urganch 6 iyun kuni «qizil» toifaga o‘tkazilib, shaharda karantin choralari kuchaytirildi.
Viloyat hokimligidan ma'lum qilishlaricha, Urganch shahrida quyidagi faoliyat turlari vaqtincha taqiqlangan:
- avtomashinalar yuvish shoxobchalari faoliyati
- avtomobillar, qishloq ho‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati
- hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta'mirlash ustaxonalari faoliyati
- park va istirohat bog‘lari faoliyati
- nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo faoliyati
- zargarlik va gul sotish do‘konlari faoliyati
- yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashish faoliyati (yetkazib berish xizmati bundan mustasno);
- jamoat transporti harakati faoliyati;
- barcha turdagi ommaviy tadbirlar (konsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari, masjidlar), oilaviy tantana, ma'raka va marosimlari (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) faoliyati
- buyum bozorlari faoliyati
- savdo majmualari faoliyati
- sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati
- sport zallari va fitnes klublar, spa va massaj salonlari faoliyati
- tungi klub va diskotekalar faoliyati
- karaoke va bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari, kompyuter o‘yinlari faoliyati
- umumiy ovqatlanish korxonlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (yetkazib berish uchun tayyorlash bundan mustasno)
- yaxna ichimlik savdo nuqtalari faoliyati
- ta'lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) o‘quv kurslari faoliyati
- mehmonxonalar, shuningdek, xostellar va mehmon uylari faoliyati
- davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar qabuli faoliyati
Shuningdek, 65 yoshdan oshgan shaxslar uchun o‘zini-o‘zi yakkalash hayot tarzi majburiy qilindi.
Urganch shahri ko‘chalari va savdo shoxobchalarida Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining maxsus ishchi guruhlari tomonidan dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatida mart oyidan to 26 maygacha bo‘lgan muddatda 233ta kasallanish holati qayd etilgan, 26 may kuni bemorlarning so‘nggi guruhi tuzalib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ammo 6 iyun kuni Xorazm viloyatida aholi orasida 3 kishida koronavirus aniqlangani ma'lum bo‘ldi.
Hozirda viloyat Urganch shahridan tashqari boshqa barcha hududlari, jumladan Urganch tumani ham «yashil» toifaga kiritilgan.
Ma'lumot uchun, «qizil» toifadagi hududda avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00dan – 10:00gacha, 17:00dan – 20:00gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
15:37 / 07.11.2024
Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024