Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada cheklov choralari yumshatilganligini e'lon qildi
Turkiyada 1 iyundan karantin cheklovlari yumshatila boshlangandi. Hukumat xalqaro qatnovlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, restoran, basseyn, plyaj, park, sportzal va bolalar bog‘chalari ochildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda koronavirus epidemiyasi sababli kiritilgan cheklovlar 10 iyundan boshlab yumshatilishini e'lon qildi.
"Endi restoran va qahvaxonalar yarim tungacha ishlashi mumkin (avval soat 22gacha edi). Yoshi 65dan oshgan fuqarolar soat 10dan 20gacha uylaridan chiqa olishadi. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar kattalar kuzatuvi ostida tashqariga chiqishlari mumkin. Teatr va to‘yxonalar 1 iyuldan ochiladi", - dedi Erdo‘g‘an.
Turkiyada 1 iyundan karantin cheklovlari yumshatila boshlangandi. Hukumat xalqaro qatnovlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, restoran, basseyn, plyaj, park, sportzal va bolalar bog‘chalari ochildi.
Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning ma'lumot berishicha, mamlakatda oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 989ta holat qayd etilgan, jami kasallik yuqtirganlar soni 171121 nafarga yetgan, 4711 kishi vafot etgan.
Avvalroq Turkiya transport va infrastruktura vaziri Odil Karaismailoglu 10 iyundan boshlab 40ta mamlakat, jumladan O‘zbekiston bilan aviaqatnovlar tiklanishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026