Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida jamoat transporti harakati tiklandi
Hududlarning koronavirus tarqalish xavfi darajasiga ko‘ra yangilangan ro‘yxatida «sariq» toifaga kiritilgan Samarqand shahrida jamoat transporti harakati tiklandi.
Foto: KUN.UZ
10 iyundan shaharda ba'zi avtobus liniyalari va yo‘nalishsiz taksilar faoliyati tiklandi. Biroq Samarqand shahridan tumanlarga qatnovchi marshrutlar harakati hozircha tiklangani yo‘q. Samarqand shahrida harakatlanuvchi jamoat transporti yo‘nalishlarining umumiy hisobda 30 foizi faoliyati tiklangan. Talab ko‘payishi bilan barcha liniyalar asta-sekin ochib boriladi.
Avtobus va taksilar har uch soatda dezinfeksiyalanishi jiddiy nazorat qilinadi. Transport vositalariga niqobsiz yo‘lovchilar chiqarilmaydi. Ma'lumot uchun, Samarqand shahrida 54ta avtobus liniyasi mavjud. Butun viloyatda esa ularning soni 186ta.
Mavzuga oid
11:22 / 10.04.2026
Samarqandda 8 yillik “muammoli uy”: quruvchi qamaldi, odamlar mo‘jiza kutishda davom etmoqda
09:50 / 23.03.2026
«Malika» bozori yaqinida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda
17:45 / 19.03.2026
Toshkentda Ramazon hayiti kuni ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi
09:13 / 19.02.2026