Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV yordam so‘rab murojaat qilgan chet eldagi o‘zbekistonliklar sonini ochiqladi
Koronavirus pandemiyasi davrida Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Idoralar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan uzluksiz ishlar natijasida joriy yilning 16 martidan 7 iyuniga qadar 108 ta charter reyslari tashkil etildi, deb xabar bermoqda TIV.
Qayd etilishicha, 16 031 nafar fuqaro (Rossiyadan – 10 758, Turkiyadan – 1 920, BAAdan – 1 387) O‘zbekistonga olib kelindi. Bundan tashqari, 40 633 nafar fuqarolarning O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini, 4 882 kishining O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini, 592 kishining esa O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini kesib o‘tgan holda to‘siqsiz vatanga qaytishlariga ko‘mak ko‘rsatilgan.
18-19 may kunlari Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasida («Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti) to‘plangan 1 206 nafar O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududi orqali vatanga qaytarildi.
1 iyun holatiga ko‘ra xorijiy mamlakatlardagi tezkor shtablarga yordam so‘rab murojaat qilgan chet ellardagi fuqarolar soni 104 mingdan ortiqni tashkil etdi.
Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda viza muddatlarini uzaytirish masalalari ishlab chiqilmoqda, yuridik va konsullik xizmatlari ko‘rsatilmoqda, ehtiyojmand fuqarolarga vaqtincha turar joy, oziq-ovqat, dori-darmon, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalar bilan ta'minlashda yordam ko‘rsatilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
17:50 / 27.01.2026
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022