Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston o‘rnida qoldi
Xalqaro futbol federatsiyasi - FIFA mamlakat milliy jamoalarining 11 iyun holatiga ko‘ra yangi reyting jadvalini e'lon qildi.
Pandemiya sababli milliy jamoalar o‘yin o‘tkazmagani bois, reyting o‘zgarishsiz qoldi. O‘zbekiston milliy jamoasi ro‘yxatning 85-pog‘onasidan joy olgan. Osiyo milliy jamoalari o‘rtasida bu 12-ko‘rsatkichdir. Markaziy Osiyo jamoalari orasida esa eng yaxshi natijadir.
OFKga a'zo federatsiyalar orasida Yaponiya milliy jamoasi peshqadam sanaladi - 28-o‘rin. Eron va Janubiy Koreya esa bu borada uchlikda qolgan.
Dunyo reytingida avvalgi oyda bo‘lganidek Belgiya, Fransiya va Braziliya milliy jamoalari yetakchilik qilmoqda.
Kuchli o‘nlik bilan tanishing:
1. Belgiya — 1765 ochko
2. Fransiya — 1733
3. Braziliya — 1712
4. Angliya — 1661
5. Urugvay — 1645
6. Xorvatiya — 1642
7. Portugaliya — 1639
8. Ispaniya — 1636
9. Argentina — 1623
10. Kolumbiya — 1622.
Mavzuga oid
18:38 / 29.04.2026
FIFA JCh-2026 ishtirokchilariga to‘lanadigan mukofotlarni oshirdi
08:38 / 22.04.2026
Eng ko‘p sotilgan videoo‘yinlar reytingi e’lon qilindi
08:04 / 17.04.2026
Dunyoning eng kuchli suvosti flotlari ma’lum qilindi
07:47 / 15.04.2026