Ilk bor onlayn formatda "Kvars" AJga bag‘ishlangan emitent kuni o‘tkazildi
"Kvars" AJ – uzoq yillik tarixga ega, shisha sanoatida yetakchi kompaniya. 2018 yilda IPO orqali "Toshkent" RFBda o‘z aksiyalarini joylashtirgan va obuna kampaniyasini 54,11% bilan yakunlagan birinchi emitent.
2019 yilda "Kvars" AJ aksiyalari yana bir bor davlat ulushini (SPO) sotish uchun fond birjasiga qaytadi, obuna kampaniyasi natijasi esa 101,4% tashkil qiladi.
Tadbir Freedom Finance tomonidan "Toshkent" Respublika fond birjasi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ko‘magida, O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligining tavsiyalariga binoan tashkil etildi.
"Emitent kuni" koronavirus pandemiyasi tufayli cheklovlar sabab birinchi bor internet orqali onlayn tarzda o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi PF-5978 sonli farmoniga binoan, aksiyadorlarning 2019 yil yakunlari bo‘yicha yillik umumiy yig‘ilishlari va auditorlik tekshiruvlarini 2020 yil 1 oktyabrgacha, shuningdek, videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ruxsat berildi.
Emitentlar kunida zavodning bugungi holati va uning rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida ma'lumot berildi, ma'ruzachilar shuningdek fond bozoridagi so‘nggi voqealarni muhokama qildilar va investorlarning savollariga javob berdilar.
"Toshkent" RFB boshqaruvi raisi Bekzod Usmonov kirish so‘zi bilan fond bozorini rivojlantirishning hozirgi bosqichida shaffoflik zarurligini ta'kidladi:
"Bugungi kunda "Kvars" AJ fond bozorida eng faol emitentlardan biri hisoblanadi. Faollik haqida gap ketganda, bu nafaqat qimmatli qog‘ozlarning birja savdosida ishtirok etishini, balki uning aksiyadorlari va investorlari uchun korporativ harakatlarning shaffofligini ta'minlashni ham anglatadi. Biz hammamiz zavodning qimmatli qog‘ozlarini ikkita ommaviy taklifini eslaymiz: 2018 yilda IPO va 2019 yilda SPO. Road Show davomida zavod vakillari fond bozori professional ishtirokchilari va sarmoyadorlar bilan ochiq tarzda suhbatlashdilar".
"Kvars" AJ boshqaruvi raisi v.b. Akmal Bo‘riyev yig‘ilganlarni korxona faoliyati bilan tanishtirdi, 2019 yil yakunlari va kelgusi rivojlantirish rejalari hamda yangi float liniya qurilishi haqida batafsil gapirib berdi:
"Qurilish yakunlanishi va mahsulot ishlab chiqarilishi 2020 yil 4-choragida rejalashtirilgan, shundan keyin sof foyda 2-3 martaga oshishi kutilmoqda. Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz iqtisodiyotning ko‘p sohalariga ta'sir ko‘rsatdi, shisha ishlab chiqarish ham bundan mustasno bo‘lmadi. Mahsulotlarning narxi va talabi pasaydi. Karantin logistika tizimida uzilishlarni keltirib chiqardi, bu esa zavod omborida ishlab chiqarilgan shisha mahsulotlarining to‘planishiga olib keldi. Ammo bu vaziyatda, ishlab chiqarish hajmi pasaymadi va ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtamadi. Agar talab pandemiyadan oldingi darajaga qaytsa, mahsulotimiz narxi ham oshadi. Bunga shisha importida imtiyozlarni bekor qilish va cheklash yordam berishi mumkin".
Yangi float liniya yiliga 22,2 million kvadrat metrgacha tekis shisha ishlab chiqaradi. Rejalarni amalga oshirish uchun shisha eritish pechining quvvati kuniga 400 tonnagacha oshiriladi. Bunday hajm O‘zbekistonning yuqori sifatli yassi oynalarga bo‘lgan ichki ehtiyojini to‘liq qoplab, mahsulotni eksportga ham yuborish imkoniyatini beradi.
Yangi liniyaning qurilishi uchun kompaniya 70 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi.
2018 yilda daromadlar 300 milliard so‘mni, 2019 yilda esa 247 milliard so‘mni tashkil etdi. 2018 yilda sof foyda 83 milliard so‘mni, 2019 yilda esa 39 milliard so‘mni tashkil etdi. 2019 yilda aktivlarning daromadliligi 2018 yildagi 26 foizga nisbatan 9 foizni tashkil etdi.
«Freedom Finance» tahlilchilari va ekspertlarining fikriga ko‘ra, yuzaga keladigan majburiyatlar va yangi liniyaning qurilishi yaqin kelajakda kompaniyaning sof foydasi va rentabelligini pasaytiradi, ammo ishlab chiqarishni sezilarli darajada kengaytirilishi kelajakda erkin pul oqimlariga ijobiy ta'sir qiladi.
Yangi liniyaning ishga tushirilishi bilan ekspertlar EBIT, ROIC va daromadlarining tez o‘sishini kutmoqdalar, deya sharhlaydi O‘zbekistondagi Freedom Finance jamiyatining ijrochi direktori Evgeniy Mojyeyko.
"Kvars" AJ aksiyalarining narxi 2019 yilning birinchi yarmida aksiyalarning qo‘shimcha emissiyasi sababli tezda tushdi, ya'ni zavodning mavjud aksiyadorlariga sof foydani taqsimlash hisobiga aksiyalar birga-bir chiqarilib muomaladagi mavjud aksiyalar sonini ikki baravar oshirdi. Bu esa «Kvars» AJ aksiyalarining likvidliligini oshirdi va ularni yanada jozibador qildi.
2019 yil dekabr oyida "Kvars" AJning SPOsidan so‘ng zavod aksiyalari narxi tusha boshlagan, bu zavodning fundamental narxiga va ushbu investitsiyalarning jozibadorligiga bog‘liq bo‘lmagan bir qator omillar tufayli yuzaga keldi.
Bular – yangi liniya qurilishi uchun kapital xarajatlarning ko‘payishi va koronavirus pandemiyasi tufayli karantin bilan bog‘liq bo‘lib, bu biznes hayotini falaj qilgan va ko‘plab odamlarni jamg‘armalarsiz qoldirgan, shu sababli odamlar aksiyalarini o‘sha davrdagi har qanday narxda sotishgan. Biz karantin cheklovlari butunlay olib tashlanib, mamlakat o‘zining avvalgi hayotiga qaytganidan keyin tez orada bozor holatining normallashishini kutmoqdamiz.
Tadbir videolavhasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
Fond bozori yangiliklari: t.me/FREEDOM_finance
Sarmoya kiritish masalalari bo‘yicha 1135 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling
Izoh: Qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarga egalik qilish har doim tavakkallar bilan bog‘liq: qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning qiymati o‘sishi ham, tushib ketishi ham mumkin. Investitsiya obekti sifatida qimmatli qog‘ozlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari investorning tavakkalchiligi hisoblanadi.
Freedom Finance haqida
Freedom Holding Corp. – o‘zining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi «Freedom Finance» sho‘'ba korxonalari orqali moliyaviy faoliyat, turli brokerlik amaliyotlari, investitsiya masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar, qimmatli qog‘ozlar savdosi, ishonchli boshqaruv va anderrayting xizmatlarini ko‘rsatadigan xolding.
Kompaniya Qozog‘iston fond birjasi (KASE), Astana International Exchange (AIX), Moskva birjasi (MOEX), Sankt-Peterburg birjasi (SPB), «Toshkent» Respublika fond birjasi (UZSE) va Ukraina birjasining professional ishtirokchisi hisoblanadi. Kompaniya bosh ofisi Almatada (Qozog‘iston), qo‘shimcha ofislari Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan.
Kompaniya Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Ukraina, O‘zbekiston, Germaniya va Kiprdagi 70ta filiali orqali 133 mingdan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatadi va o‘z mijozlariga savdo va hisob faoliyati uchun TraderNet mobil platformasi bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
O‘zbekistonda Freedom Holding Corp kompaniyasi «Freedom Finance» MChJ XK sho‘'ba korxonasiga ega. Filiallar tarmog‘i Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi va Nukus shaharlarini qamrab olgan. Kompaniya strateglari tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar sarmoyadorlarni keyinchalik yirik milliy korxonalarning hamegalariga aylanishlari uchun o‘z moliyasini to‘g‘ri boshqarishni o‘rgatadi. Kompaniya barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin bo‘lgan seminar dasturlarini amalga oshiradi.
"Kvars" AJ haqida
"Kvars" AJ 1975 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi shisha buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri. Asosiy mahsulotlari – bu avtomobilsozlik sanoati uchun oyna, qurilish oynalari, shisha buyumlardir.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:28 / 13.02.2023
“Kvars” zavodidagi davlat ulushi 265 mlrd so‘mga sotildi
09:00 / 31.08.2021
O‘zbekistonda sifatli oynalar qanday ishlab chiqarilishini ko‘rganmisiz?
16:00 / 30.08.2021
«Kvars» AJ: yillik quvvati 22,2 million kvadrat metr bo‘lgan float oyna ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi
12:20 / 03.12.2019