Quriliş oynalari va şişa idişlar bozorida monopol mavqega ega “Kvars” AJning nazorat paketi yana davlat tasarrufiga qaytdi.
Bu haqda Openinfo.uz portalida e’lon qilingan 2025 yil 19 martdagi aksiyadorlarning navbatdan taşqari umumiy yiğilişi bayonnomasiga tayanib, “KorpInfo” Telegram-kanali xabar berdi.
Bayonnomada Davlat aktivlarini boşqariş agentligi kompaniyaning 89,78 foiz aksiyalari egasi deb körsatilgan.
“Kvars” AJ ustav kapitalidagi xuddi şu miqdor – 89,78 foiz davlat uluşi 2023 yilning fevralida 265 mlrd sömga “Quvasoysement” AJga sotilgandi.
Kelişuvga köra, xaridor 2018-2021 yillarda “Kvars” tomonidan jalb qilingan 47,2 mln yevro miqdoridagi kredit mablağlarini 2026 yil yakuniga qadar söndirişi kerak edi.
Kompaniya 2024 yilni 142 mlrd söm, 2023 yilni esa 21,7 mlrd zarar bilan yakunlagan. Xususiylaştirilişdan oldingi yillarda esa, foyda körib işlagan: 2021 yilda kompaniyaning sof foydasi 54,7 mlrd sömni, 2022 yilda 64,3 mlrd sömni taşkil etgan.
“Kvars” AJ ötgan yil Asakabankdan 8 mln dollar, 2025 yilda esa 60 mlrd söm miqdorida kredit ham olgan.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi hozirça “Kvars” AJning yana davlat nazoratiga qaytariliş sabablari haqida heç qanday izoh bergani yöq.
Ma’lumot uçun, “Kvars”ni xususiylaştirgan “Quvasoysement” AJga Kiprda röyxatdan ötgan United Cement Group (UCG) egalik qiladi. Bu taşkilotning ta’sisçisi Uluğbek Şodmonov bölib, u 2024 yilning dekabr oyida BAAda qölga olingani va Özbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida OAVda xabarlar

















