Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navbatdagi «samosud». Xorazmda ayol kishi bir necha ayollar tomonidan kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida sodir bo‘lgani aytilayotgan janjal videosi tarqaldi. Unda bir necha nafar ayollar yerda yotgan va qisman yechintirilgan ayolni ayovsiz kaltaklashayotgani tasvirlangan.
Jazavaga tushgan ayollarni videoga olayotgani taxmin qilingan erkak voqea joyiga qiziqib kelganlarga aralashmaslikni va yerda yotgan ayolning bir necha oilalarni buzayotganini ta'kidlaydi. Ayollar yerda yotgan ayolni kaltaklash bilan birga uning sochlarini ham kesib tashlaydilar.
Atrofdagilarning so‘zlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan janjal sababi ayolning yengiltakligi va rashk ekanligi ma'lum bo‘ladi. Kaltaklovchilarning harakatlaridan ham buni sezish mumkin.Ammo bu fakt hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov Kun.uz muxbiriga mazkur holat bo‘yicha ma'lumot berdi: – Voqeaning barcha ishtirokchilari aniqlandi va qo‘lga olindi. Voqea bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari boshlangan. Kaltaklangan ayolning ahvoli nisbatan qoniqarli, jarohatlari tibbiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra voqeaning barcha ishtirokchilari harakatlariga nisbatan huquqiy baho beriladi, ya'ni ularning jinoiy yoki ma'muriy javobgarlikka tortilishi masalasi ko‘riladi, – dedi Sh.G‘iyosov.
Mavzuga oid
21:48 / 03.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatidagi islohotlar natijadorligi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
15:21 / 02.03.2026
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda tabiiy gaz uchun isitish mavsumi bazaviy me’yori 15 martgacha uzaytirildi
19:00 / 17.02.2026
Xorazmda yangi ta’lim markazi: Osiyo xalqaro universiteti talabalarga qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
09:42 / 29.01.2026