Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda genom axboroti ma'lumotlar bazasi yaratiladi
Genom axboroti ma'lumotlar bazasi yordamida jinoyatlarni ochish mexanizmining joriy etiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 11 iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisida “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Deputatlarning ta'kidlashicha, ayni paytda jinoyatchilar turli hiyla-nayranglarni qo‘llab, sodir etilgan jinoyat izlarini qoldirmaslikka harakat qilmoqda. Bu esa ularni fosh etish va ochish jarayonini qiyinlashtirmoqda.
Qayd etilishicha, genom axboroti ma'lumotlar bazasi yordamida jinoyatlarni ochish mexanizmining joriy etilishi esa fosh etish murakkab, o‘ta og‘ir bo‘lgan yoki muqaddam ochilmagan jinoyatlarni ochishga ko‘maklashadi, shuningdek, genom axborotining yagona ma'lumotlar bazasi yaratilishi bedarak yo‘qolgan shaxslarni topish imkonini beradi.
Qonun loyihasi bilan genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish doirasidagi vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari, genom axborotini yig‘ish, unga ishlov berish va himoya qilishning asosiy talablari, genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibini va biologik material va genom axborotini olish, qayd etish, saqlash, undan foydalanish va uni yo‘q qilib tashlash tartibi belgilanmoqda.
Deputatlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi sodir etilgan jinoyatlarni biologik ashyoviy dalillar yordamida fosh etishga ko‘maklashib, sud-tergov organlarining isbotlov bazasini mustahkamlaydi.
Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026