O‘zbekiston | 10:56 / 11.06.2020
39414
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev xalq ta'limi vazirining o‘rinbosarini tayinladi

Rustam Karimjonov xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10 iyun kunidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari tayinlandi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, prezident qaroriga ko‘ra Rustam Karimjonov O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu paytgacha Rustam Karimjonov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya” markazi davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rustam Karimjonov 2019 yil sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Sarvar Boboxo‘jayev o‘rniga tayinlandi.

Rustam Karimjonov 2009 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini (bakalavr) va 2011 yilda Koreya Respublikasidagi Xalqaro Solbrij universiteti (magistratura)ni tamomlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid