Jahon | 17:18 / 11.06.2020
4944
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiyada maktabga pichoq bilan hujum uyushtirgan shaxs otib o‘ldirildi

Slovakiyaning Vrutki shahrida noma'lum shaxs pichoq bilan boshlang‘ich maktabga hujum uyushtirdi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi.

Foto: AP Photo / TASR/Erika Durcova

Xabarda aytilishicha, direktor o‘rinbosari halok bo‘lgan, ikki kishi va ikki o‘quvchi jarohatlangan.

Hujum uyushtirgan shaxs otib o‘ldirilgan.

"Voqea joyiga respublika politsiyasi rahbari Milan Luchanskiy yetib bordi. Vaziyat nazorat ostida", — deyiladi xabarda.

Hujum uyushtirgan shaxs Martina shahridan bo‘lib, 22 yoshda bo‘lgan.

TA3 telekanalining xabar berishicha, u maktab direktori va bir necha o‘quvchiga jarohat yetkazgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid