Jamiyat | 19:23 / 11.06.2020
6598
3 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasi qanday hollarda inkasso topshiriqnomasi qo‘yishga haqli?

DSQ soliq to‘lovchilarga to‘lov muddati tugagach, uch kun ichida qonun hujjatlariga muvofiq to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish va soliqlarni elektron shaklda to‘lash imkoniyatini bermoqda. Bundan tashqari, endi inkasso topshiriqnomasi qo‘yishdan oldin, soliq to‘lash sanasidan keyingi kundan kechiktirmay, DSQ soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq majburiyatini bajarish zarurligi to‘g‘risida talabnoma ham yuboriladi.

Ushbu jarayon markazlashgan holda tashkil etiladi, ya'ni soliq majburiyatlari o‘z vaqtida (3 kun) bajarilmaganda, DSQ markaziy apparatidan maxsus dasturiy mahsulot orqali bankka avtomatik ravishda inkasso topshiriqnomasi yuboriladi.

Qanday hollarda soliq organi soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga inkasso topshiriqnomasi qo‘ymaydi?

  1. Soliq kodeksida belgilangan to‘lov muddati yetib kelgunga qadar soliq to‘lovchi tomonidan bank hisobvarag‘iga bajarilmagan soliq majburiyati bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi taqdim etgan bo‘lsa;
  2. Boshqa soliq turi bo‘yicha ortiqcha to‘lovi soliq qarzdorligiga teng yoki undan kam miqdorni tashkil etsa, inkasso topshiriqnomasi qo‘yilmaydi.

Mazkur tizimni ishga tushirishdan maqsad nima:

  • birinchidan, soliqlarning to‘lov muddatidan keyingi sanadan soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga inkasso topshiriqnomasi qo‘yish orqali ortiqcha soliq summasi yechib olinishiga chek qo‘yish;
  • ikkinchidan, soliq majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha barcha soliq to‘lovchilarga bir xil yondashuv prinsipiga amal qilish;
  • uchinchidan, inkasso topshiriqnomasi qo‘yishda inson omili ishtirokini butunlay bartaraf etish orqali ushbu jarayon shaffofligini ta'minlash;
  • to‘rtinchidan, soliq to‘lovchilarga nisbatan ma'muriy jazo choralari qo‘llanishining oldini olish.

Eslatma, Soliq kodeksining 115-moddasida, soliq to‘lovchi bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bor-yo‘qligidan qat'i nazar, Soliq kodeksda belgilangan to‘lov muddatidan kechiktirmasdan soliqlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etishi shart.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasida soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik uchun javobgarlik belgilangan.

Mavzuga oid