Jamiyat | 07:50 / 13.06.2020
6210
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi 14 kunga yopiladi 

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi doirasida va Yashnobod tumanida yo‘l ta'mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan, 15 iyundan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Munis ko‘chasi va KHAY (ko‘prik) qismidan o‘tgan magistral issiqlik tarmog‘ini kapital ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. 

“Toshissiqquvvati” DUK xabariga ko‘ra, ta'mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta'minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi. Ish jarayonida Farg‘ona yo‘li ko‘chasining KXAY ko‘chasidan Munis ko‘chasigacha yo‘nalishining bir qismi yopiladi va ushbu yo‘nalishda avtotransport qatnovi o‘ng tomondagi qo‘shimcha yo‘l orqali amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

“Toshissiqquvvati” yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklar va noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid