Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi xabariga köra, çorasiz qolgan aholi köplab taşkilotlarga murojaat qilişga majbur bölgan.

«Uylarimiz öta sovuq. Xavfli bölsa-da, gaz yoqyapmiz. Konditsioner, elektrli isitiş moslamalaridan foydalanyapmiz. Bolalar juda sovqotişyapti. Ularning ustidan qavat-qavat körpaçalar öraymiz. Issiqlik ham, issiq suv ham norma böyiça berilmayapti. Bu yil juda qiynalib ketdik, azobda qoldik. Sovuqda ötiribmiz, uyimizning 4 ta xonasi muzlab yotibdi», – deydi aholi vakillari.

Ma'lum qilinişiça, muammoni hal qiliş maqsadida Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi işçi guruhi Olmazor tumani issiqlik ta'minoti idorasi xodimlari hamda uşbu köp qavatli uylarga biriktirilgan «Obod Olmazor ta’mirlaş» mas'uliyati çeklangan jamiyati boşqaruv kompaniyasi vakillari bilan muhokama ötkazgan.

Olmazor tumani issiqlik ta'minoti inspektori Dilşod Abdurahmonov uşbu holat yuzasidan quyidagiça izoh bergan.

«Hozir bu yerdagi muammo bosim yetib kelmasligi bilan boğliq. Bosimning me'yordan past kelayotgani uçun köpgina uylar isimayapti. Bugungi kunda şunga çora qilib boşqa joydan trassa tortyapmiz. Bir hafta-ön kun içida muammo hal etiladi. Hozirda bu borada yetarli işlar olib borilmoqda. Şuningdek, mazkur köp qavatli uylarda istiqomat qiluvçi fuqarolarga yetarli darajada issiqlik ta'minoti yetkazib berilmagan davr uçun amalga oşirilgan tölovlarni iste'molçilarga qayta hisob-kitob qiliş yuzasidan «Toşissiqquvvati» DUKga kerakli hujjatlar taqdim etildi», – degan taşkilot mas'uli.

Ta'kidlanişiça, xonadonlarda radiatorlarning sovuq bölişiga butun uyning isitiş tizimida sirkulyatsiya yetişmasligi sabab bölgan.

Agentlikning «Toşissiqquvvati» DUKga yuqoridagi köp qavatli uylarning issiq suv va issiqlik tizimida vujudga kelgan muammolarini bartaraf etiş çoralarini köriş, iste'molçilar tomonidan yetarli darajada issiqlik ta'minoti yetkazib berilmagan davr uçun amalga oşirilgan tölovlarni qayta hisob-kitob qiliş böyiça körsatma xati yuborilgan.

Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi yetakçi boş mutaxassisi Şarofiddin Qahhorov mazkur vaziyatdagi qonuniy asosga töxtalib ötgan.

«Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan köp kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti xizmatlari körsatiş qoidalarining 75-bandida yetkazib beruvçining: